UPUS - uglevodorod xomashyosini qayta ishlashga mo'ljallangan qurilma. U blok-modulli tuzilishga ega va har xil quvvat va samaradorlikka ega bo'lishi mumkin. Uskunalar o'rnatish joyiga osongina ko'chiriladi, ishlatishda oddiylik va samaradorlik bilan ajralib turadi vas shu xususiyatlar ularni o'z sohasida juda mashhur qiladi.

Ishga tushirish qo'shimcha o'zgartirishlar yoki katta pul mablag’larini talab qilmaydi. UPUS bir nechta asosiy bloklardan iborat: issiqlik almashtirgich va bug'lanish konteynerlari, rektifikatsiya va texnologik nasos bloklari, reflyuksli konteyner, pech bloki va boshqaruv xonasi.

To’plam shuningdek, qozon moduli va moyni tozalash moslamasi kabi qo'shimcha qurilmalarni ham o'z ichiga olishi mumkin. UPUSni o'rnatish uchun beton maydonini tayyorlash, keyin bloklarni bitta texnologik zanjirga ulash kerak bo’ladi. Quvvat va unumdorlik UPUS modellariga bog'liq.

Kompaniyamiz UPUS uchun unumdorligi va konfiguratsiyasi jihatidan farq qiluvchi bir nechta variantni taklif etadi. Uskunani saqlash va ishlatish uchun 1 dan 5 gacha operator talab qilinadi.